Гимн Республики Узбекистан

Флаг Узбекистана Эмблема Узбекистана 

«O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risidagi» qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Davlat ramzlari mamlakatning tarixi va kelajagini, uning uning urf-odatlari anʻanalari,qadriyatlari,qudratini va imkoniyatlarini mujassamlantiradi.Shunday ramzlardan biri bu Vatanimizning ozodligi, qudratini,farovon hayoti , xalqning orzu umidlarini madh etuvchi O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini qabul qilingan kun har yili 10 dekabr kuni nishonlaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Davlat madhiyasini O‘zbekiston qaxramoni , xalq shoiri Abdulla Oripov sheʻriga taniqli bastakor Mutal Burxonov tomonidan bastalangan musiqa butun dunyoda mustaqil O‘zbekiston ovozi kabi yangraydi.

Qonunga muvofiq Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereneteti ramzi hisoblanadi. Davlat madhiyasiga bo‘lgan chuqur hurmat mamlakatning har bir fuqorasining vatanparvarlik burchi hisoblanadi.

Shuni taʻkidlab o‘tish joizki, davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini ado etishga kirishganda, qasamyod qilgandan so‘ng,OliyMajlis qonunchilik palatasini sessiyalarini ochilishi va yopilishida Oliy majlis senatining yalpi majlislarida ,O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bag‘ishlangan tantanali majlis va kengashlar ochilishlarida. Bundan tashqari, madhiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chet el davlatlariga rasmiy tashriflari davomida, xalqaro tashkilotlar minbarlarida chiqishlari oldidan hamda mamlakatimizga oliymartabali mehmonlar tashrif buyurganida ijro etiladi.

Shuningdek Davlat madhiyasi haykallar, yodgorliklar va boshqa inshootlarini ochilishida, respublika xayotidagi muxim tarixiy voqealarni nishonlash munosabati bilan shuningdek atoqli siyosiy,davlat,xarbiy arbobi,xalqqaxramonlari,fan,adabiyot va sanʻat arboblari sharafiga ijro etiladi.

O‘rta o‘rta maxsus,kasb-hunar va oliy taʻlim muassalarida madhiya yangi o‘quv yili ochilishida va o‘quv yilini tugashiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda yangraydi.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar — jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar — jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

109 просмотров
Язык
Размер шрифта
Контраст
САМЫЕ ПОПУЛЯРНЫЕ КНИГИ

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: